Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijondagi vaqtincha saqlash hibsxonasidan qiynoqlar bo‘yicha murojaat kelib tushmadi
2022 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.A.Abduvohidova Qo‘rg‘ontepa tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida monitoring tashrifini amalga oshirib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi.

2022 yil yanvar oyida tashkil topgan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi 20 o‘ringa mo‘ljallangan

Vaqtincha saqlash hibsxonasi Respublika IIV hamda viloyat IIB PPXva JXX huzuridagi situatsion markaz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tartibda aloqa o‘rnatilgan.

Monitoring o‘tkazilgan kunda vaqtincha saqlash hibsxonasida 1 nafar  shaxs saqlnayotganligi aniqlandi. U bilan suhbatlashilganda hibsxonadagi sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yo‘qligi, ularga nisbatan noqonuniy harakatlar yoki qiynoqlar bo‘lmaganligini bildirdi.

Tergov harakatlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonalar ko‘zdan kechirilganda ularning videokuzatuv vositalari bilan jihozlangani va advokatlar istalgan vaqtda advokatlik so‘rovnomasi bilan tergov jarayonlarida tasvirga olingan videomateriallarni talab qilib olishi mumkinligi aytildi.

Hibsxonadagi  advokat bilan uchrashuv xonalari kameradan holi bo‘lib, advokatlar bugungi kunda muassasada saqlanayotganlar bilan moneliksiz uchrashayotganligi aniqlandi.

Muassasada tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kerakli dori-darmonlar mavjudligi aniqlandi. Hibsxonada saqlanayotganlar uchun yuvinish xonalari mavjud.

Shuningdek, gumonlanuvchilarni toza havoda aylanishi uchun maxsus saylgoh tashkil qilingan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati