Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan viloyatidagi yopiq muassasalar sharoitlari o‘rganildi
29 Apr
2022 yilning 21-22 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari va Ombudsmanning Namangandagi mintaqaviy vakili tomonidan Namangandagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman va Adliya vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi
28 Apr
Inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Bu borada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Adliya vazirligi va ularning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ombudsmanning Namangandagi mintaqaviy vakili ko‘magida murojaatchiga imtiyozli kredit ajratildi
27 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) Namangan viloyati, Chust tumani Olmos qishlog‘i, Buloqboshi MFYda yashovchi fuqaro M.N. oilaviy sharoiti yomonligi tufayli ayollar daftariga kiritishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Uning yozishicha, tuman hokimiyatiga shu masalada qilgan murojaatlari besamar ketgan.
Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili qanday murojaatlarni hal etdi?
25 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov haftaning Dushanba va Juma kunlari soat 14:00 dan 17:00ga qadar fuqarolar murojaatlarini muntazam ravishda qabul qilib kelmoqda.
Xalqaro huquqning dolzarb muammolari
22 Apr
2022 yilning 22 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili ko‘magida mahbusga boshqa advokat biriktirildi
22 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) mahbus I.G murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Komilovga yuborildi.
Sirdaryodagi manzil-koloniyasida mahkumlarga qancha ish haqi to‘lanadi?
22 Apr
2022 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov tomonidan Viloyatdagi 40-sonli manzil-koloniyasida Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlarini oldini olish yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Ombudsman Finlandiyaning yangi tayinlangan O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
21 Apr
2022 yilning 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Finlyandiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ilkka Ryaysyanen bilan uchrashdi.
Ombudsmanning qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida 2021 yilda amalga oshirilgan monitoring tashriflari bo‘yicha brifing
20 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021-yil 26-iyunda “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 2021-yil davomida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 177 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yil yakunlariga ko‘ra 76 tani tashkil etgan.