Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxoro Davlat Universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
2023 yilning 27 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Buxoro Davlat Universitetining "Tarix va yuridik" fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova talabalarni Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

Taʼkidlanishicha, hozirda dunyoning 200ga yaqin mamlakatida Ombudsman instituti joriy etilgan va ular mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. MDH davlatlari orasida esa O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib 1995 yil 23 fevral kuni Ombudsman instituti joriy etilgan. O‘tgan davr mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ko‘plab fuqarolarning jumladan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Bir qancha xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tkazildi. Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi. Ushbu davra suhbati orqali ishtirokchilar Ombudsmanning vakolatlari va unga kelib tushayotgan murojaatlar, inson huquqlarining kafolatlanishi borasidagi xalqaro va milliy tajriba haqida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lishdi va yana shu kabi uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazish taklifini bildirishdi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati