Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Bursa maʼmuriyati bilan uchrashdi
14 May
Turkiya Bosh Ombudsmani taklifiga binoan Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini tuzish bo‘yicha taʼsis Kengashida ishtirok etish maqsadida Turkiya Respublikasining Bursa shahriga tashrif buyurgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va delegatsiya aʼzolari Bursa gubernatori Yakub Kanbolat, Osmangazi meri Mustafa Dyundar hamda Bursa meri Alinur Aktash o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi tuzildi
13 May
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiq va pragmatik tashqi siyosati, uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari tufayli keyingi yillarda O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar bilan mutlaqo yangi – sog‘lom siyosiy va iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.
Hurmatli fuqarolar
12 May
Sizga shuni maʼlum qilamizki, hozirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning ishonch telefoni liniyadagi texnik nosozliklar tufayli vaqtincha ishlamayapti.
Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili ko‘magida boshqa koloniyaga o‘tkazilgan mahkumga ish haqi undirib berildi
12 May
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalovning Bo‘ka tumanidagi 43-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirgan edi. Ushbu monitoring davomida  jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlardan bir necha masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib, nazoratga olingan edi.  
Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili sayyor qabulda tushgan murojaatlarni hal etmoqda
11 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Komilov fuqarolar muammolarini o‘rganish bo‘yicha muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etib kelmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Farg‘ona tumani “Ilg‘or” MFYda o‘tkazilgan edi.
Buxoroda ikki nafar ayol hibsdan ozod etildi
08 May
2022 yilning 1 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Huseynova boshchiligida Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari,  Oila va xotin qizlarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Feruza Ibragimova Buxorodagi 4-sonli tergov hibsxonasiga borib, muassasada saqlanayotgan mahbus va mahkuma xotin-qizlarning murojaatlarini qabul qilishdi.
Inson huquqlarini taʼminlash sohasida davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi
07 May
2022 yilning 7 may kuni “Yuksalish” umummilliy harakati majlislar zalida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Inson huquqlarini taʼminlanishida davlat boshqaruvi organlarining fuqarolik jamiyati bilan o‘zaro hamkorligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ombudsman: Samarqanddagi 60 o‘rinli maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonada 160 nafar shaxslar saqlanmoqda
06 May
Joriy yilning 20 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov Viloyatidagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda “Yuksalish” umummilliy harakatining Samarqand viloyat bo‘linmasi bosh mutaxassisi D.Aʼzamov ham ishtirok etdi.
Inson huquqlari himoyasining yangi bosqichi: ilmiy-nazariy tahlil
05 May
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimiz farovonligi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar olib borilishi natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlanmoqda, har bir fuqaro va oila farovonligi oshib, qonun ustuvorligi taʼminlanmoqda.