Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakili tergov hibsxonasida sayyor qabul o‘tkazdi
14 Apr
2022 yilning 8 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning)  Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili  Murodulla Normuradov Qarshi shaxridagi 5-son tergov  hibsxonasiga sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli
13 Apr
Joriy yilning 13 aprel kuni poytaxtimizda “O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli” mavzusidagi ikkinchi forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi hamda YEXHT bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Toshloq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
12 Apr
2022 yilning 9 aprel kuni Oliy Majlisning Inson xuquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Toshloq tumani Yuqoriqishloq MFY hududidagi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda viloyat adliya boshqarmasi, tuman hokimi yordamchisi, MFY raisi, tegishli tuman tashkilot rahbarlari va fuqarolar ishtirok etishdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanga murojaat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!
11 Apr
2022 yilning 1 yanvaridan Davlat rahbarining tegishli farmoni bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari doimiy asosda ishlashi belgilangan edi.
Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili 47-son manzil-koloniyasidagi mahkumlar oshxonasini qayta qurish kerakligi bo‘yicha tavsiya berdi
11 Apr
2022 yilning 6 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Rustam Kamalov Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq hududida joylashgan 47-manzil-koloniyadagi mahkumlar huquqlarining taʼminlanish holatini o‘rgandi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating!  Har bir bola zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqiga ega.
11 Apr
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 29 mart kuni nomaʼlum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpog‘istonda ayol turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli, ikki qizini ayovsiz do‘pposlab, ularga azob berib kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura Akademiyasi tinglovchilari Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
08 Apr
2022 yilning 7 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bosh ofisiga Bosh prokuratura akademiyasi doktorantlari va “Prokurorlik faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Tergov faoliyati” hamda “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisliklari bo‘yicha taʼlim olayotgan magistrantlari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.
Ombudsman Markaziy Osiyo Assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashdi
08 Apr
2022 yilning 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Markaziy Osiyo Assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Gulnoz Mamarasulova bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi
07 Apr
2022 yil 6 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi raisi Nadin Maenza boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.