Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabulida qanday masalalar ko‘tarildi? 
03 Okt
2022 yilning 30 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) navbatdagi fuqarolar  qabuli bo‘lib o‘tdi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
30 Sen
Maʼlumki, joriy yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida respublika hududlarida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Ombudsman boshchiligida Qashqadaryodagi yopiq muassasalardagi sharoitlar o‘rganildi
28 Sen
2022 yilning 22-25 sentyabr kunlari Ombudsman tomonidan qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida Qashqadaryo viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga milliy preventiv mexanizm doirasida monitoring tashrifi amalga oshirildi.
HAMDARDLIK
27 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzosi Abdumutalib ABDULLAYEVning vafoti munosabati bilan marhum ustozning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.
«Ombudsman maktabi» loyihasi doirasida Namangandagi fuqarolarning huquqiy xabardorligi oshirildi
26 Sen
2022 yilning 23 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Namangan viloyati Kasaba uyushmalari Federatsiyasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Jizzax viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarning holati o‘rganildi
23 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida jamoatchilik vakillari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirib kelmoqda.
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 12 sonli jazoni ijro etish koloniyasi va 36 sonli manzil koloniyaga monitoring tashriflari amalga oshirildi
22 Sen
Joriy yilning 20 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djo‘rayev tomonidan Navoiy viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatidagi 12-son jazoni ijro etish koloniyasi hamda 36-son manzil-koloniyasiga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida aholining huquqiy xabardorligini oshirish barobarida ular murojaatlari joyida hal etildi
21 Sen
2022 yilning 20 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Shofirkon tumanidagi 9-sonli musiqa maktabida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Qalmiqon” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2022 yilning 8 oyi davomida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyat natijalariga bag‘ishlangan brifing
20 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning mintaqaviy vakillari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi taʼminlanmoqda.