Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan koloniyasida 100 nafarga yaqin mahkum va mahbuslar kasb-hunarga o‘qitildi 
Xabaringiz bor, Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi bilan birgalikda viloyatdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda. 

2024-yilning 24-iyul kuni Pop tumani 6-son jazoni ijro etish koloniyasida 3 oylik kasb-hunar o‘rganish kurslarini tamomlagan 70 nafar mahkumga sertifikatlar topshirildi. Ular chinni fayans va sopol buyumlar tayyorlash, hajmli va qolipli shakllarda quyilgan buyumlar tayyorlash, mualliflik mebellari ishlab chiqarish, gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yasash hamda charm mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda kasb-hunar o‘rganishdi.  

Bundan tashqari, hozirda 6-son jazoni ijro etish koloniyasidagi mahkum va mahbuslar uchun xorijiy tillarga o‘qitish, sport to‘garaklari, kompyuter savodxonligi kurslari hamda kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Shu bilan bir qatorda, Ombudsmanning Namangandagi mintaqaviy vakili koloniyadagi mahkumlar bilan jamoaviy tartibda suhbatlashdi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati