Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkentdagi Ruhiy asab-kasalliklar dispenseriga monitoring tashrifi amalga oshirildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili B.Masharipov tomonidan joriy yilning 24-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 1-son shahar Ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga monitoring tashrifi amalga oshirildi. 

1974-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ushbu muassasa Toshkent shahrining 6 ta tumaniga xizmat ko‘rsatadi va ambulator bo‘linmalariga kuniga 300 ta bemor tashrif buyuradi. Shifoxonaning 165 o‘ringa mo‘ljallangan stasionar bo‘linmasida bemorlar davlat byudjeti hisobidan davolanadi.

Monitoring tashrifi davomida dispanserda bemorlarning yashash, davolanish va ovqatlanish sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalari saqlanadigan xonalardagi holatlar o‘rganildi.

Bundan tashqari, dispanserda davolanayotgan shaxslar bilan yakka tartibda suhbatlashish davomida muassasadagi xodimlar va yaratilgan sharoitlar bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmadi.

Monitoring tashrifi yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bir qator tavsiyalar shakllantirildi, ular Sog‘liqni saqlash vazirligiga kiritiladi.

Ma’lumot uchun: SSV ga qarashli 1-son shahar Ruhiy-asab kasalliklar dispanserida ruhiyatida sezilarli nuqsoni bo‘lgan erkak va ayollar davolanmoqda hamda ularga 31 nafar shifokor va 71 nafar hamshira xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati