Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi Mintaqaviy vakili og‘ir sharoitda yashovchi 13 ta oilaga uy-joy berilishiga erishdi
14 Apr
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymova Nukus shahridagi bir nechta mahallalarni aylandi. Doimiy ravishda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan fuqarolar muammolarini o‘rganish davomida Mintaqaviy vakil mahalla binosida yashab kelayotgan ayol murojaatini eshitdi.
Ish o‘rni qisqartirilgan xodim Ombudsman yordami bilan yangi ishga o‘tkazildi
13 Apr
Joriy yilning mart oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Xalq bankining Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani filialida ishlovchi xodim X.M murojaat qilgan edi.
MEN YANGI VA BAXTLI HAYOTNI TANLAYMAN
12 Apr
Joriy yilning 12 aperl kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Men yangi va baxtli hayotni tanlayman” mavzusidagi forumda ishtirok etdi.
Navbatdagi seminar Qashqadaryo viloyatida tashkil etildi
09 Apr
Joriy yilning 9 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning Oʼzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda “Mahkumlarning va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro-huquqiy normalar” mavzusida hududiy seminar oʼtkazildi.
OMBUDSMAN VA YEXHT TOMONIDAN RESPUBLIKA BO‘YLAB O‘TKAZILADIGAN SEMINAR-TRENINGLARGA START BERILDI
08 Apr
Joriy yilning 7-8 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda “Mahkumlarning va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro-huquqiy normalar” mavzusida hududiy seminar o‘tkazildi.
COVID-2019 PANDEMIYASI VAQTIDA VA UNDAN KEYIN OMBUDSMANNING O‘RNI
05 Apr
Joriy yilning 2 aprel kuni Tailand Qirolligi Ombudsmani tomonidan tashkil etilgan “COVID-19 pandemiyasi vaqtida va undan keyin Ombudsmanning o‘rni” mavzusidagi xalqaro vebinarda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) video murojaat bilan ishtirok etdi.
Ombudsmanning Xorazmdagi Mintaqaviy vakili  11-sonli tergov hibsxonasiga bordi   
02 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi Mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov bo‘lib, u insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan Vakilga ko‘maklashadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil: “Mehribonlik” uylari bitiruvchilariga berilayotgan turar joylarning hammasi ham talab darajasida emas
31 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning qonuniy asoslarini yana-da mustahkamlash masalasini kompleks o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Qiynoq holatlarini aniqlash tizimi takomillashtiriladi - Prezident qarori loyihasida nimalar aks etgan?
30 Mar
2021 yil 30 mart kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʼmitasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) hamda Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish boʼyicha ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Qayd etish lozimki, mazkur loyiha “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 23-bandida belgilangan edi.