Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
 Navoiyda aholining Ombudsman faoliyati haqida huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
Navoiy shahridagi «Yoshlar markazi»da Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Navoiy viloyati Oila va xotin - qizlar  boshqarmasi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)” to‘g‘risidagi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda nodavlat notijorat tashkilot aʼzolari, hamkor tashkilotlar vakillari, mahalladagi xotin-qizlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok yetishdi.

Davra suhbati ishtirokchilariga mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, O‘zbekistonda Ombudsman institutining tashkil etilishi, uning huquqlari va vakolatlari hamda mazkur institutning mamlakatimizda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni va ahamiyati haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Ombudsmanning mintaqaviy vakili doimiy asosda faoliyat yuritib kelayotgani, uning vazifalari, vakolatlari, faoliyati va unga murojaat qilish usullari haqida ham ishtirokchilar xabardor qilindi.

Tadbir davomida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahriri tayyorlanganligi, jamoatchilik muhokamasi va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib Parlamentga taqdim etilganligi hususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Ochiq muloqotda ekspertlar tomonidan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, faoliyatning ochiqligi va qonuniy shaffofligini taʼminlash, ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida zarur tavsiyalar berildi.

Davra suhbati davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Navoiy teleradiokompaniyasi o‘rtasida “Hamkorlik memorandumlari” imzolandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati