Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman: Sobiq IIV xodimasi 8 yildan so`ng lavozimiga tiklandi
11 Yan
Xurshida Djalilova 2020 yilning avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha Vakili (ombudsman)ga murojaat qilib, nohaq ishdan bo`shatilganini bildirgan edi.
Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiya aʼzolari vazirlik, davlat idora va tashkilotlari faoliyatini oʼrganmoqda.
07 Yan
Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi va Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʼyicha komissiya hamkorligida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini oʼtkazish rejalashtirilgan edi.
“O‘rtasaroy” karantin majmuasida navbatdagi monitoring amalga oshirildi
08 Okt
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida tashkil etilgan Milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasidagi ekspert guruhi tomonidan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmua, yaʼni “O‘rtasaroy” karantin majmuasida joriy yilning 27 avgust kuni monitoring amalga oshirilganligi haqida xabar bergan edik. Mazkur monitoring davomida, karantinga olingan shaxslarning yashash, ovqatlanish hamda ularga tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganilib, ekspert guruhi aʼzolari tomonidan karantinga olingan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan edi.
Toshkent viloyatida monitoring o‘tkazildi
06 Okt
Joriy yilning 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari-Bola huquqlari bo‘yicha vakil A. Yunusova boshchiligida Bola huquqlarini taʼminlash sektori xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida joylashgan viloyat “Kichkintoy” bolalar uyida, Toshkent viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida hamda 2 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Angren shahar 34-sonli tayanch-harakat aʼzolari shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bola huquqlarini taʼminlash hamda bola huquqlariga oid qonun xujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Qamoqqa olingan shifokor Guljahon Yo‘ldosheva bilan uchrashuv o‘tkazildi
03 Okt
Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyati hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligining 1-son tergov hibsxonasiga tashrif amalga oshirildi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida monitoring o‘tkazildi
20 Sen
Joriy yilning 21-26 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Milliy preventiv mexanizm (MPM) doirasida tashkil etilgan ekspert guruhi tarkibida “Yuksalish” umummilliy harakatining Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘yicha bo‘limlari hamda “Gumanitar huquqiy markaz” nodavlat tashkiloti vakillari, shuningdek jamoatchilik faollari ishtirokida Buxoro va Navoiy viloyatlarida navbatdagi monitoring amalga oshirildi.
Миллий превентив механизм: Омбудсман ва ЕХҲТ ҳамкорлиги
01 Sen
Жорий йилнинг 5 май куни Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилоти (ЕХҲТ)нинг Ўзбекистондаги лойиҳалари координатори Олий Мажлиснинг Инсон ҳуқуқлари бўйича Вакили (Омбудсман) фаолиятини қўллаб-қувватлаш мақсадида тиббий ниқоб, қўлқоп, махсус ҳимоя кийимлари ва антисептик воситалардан иборат шахсий ҳимоя воситаларини тақдим этди.