Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida 2022 yilning 11 dekabr kuni ilk marotaba Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan mini-futbol bo‘yicha “Ombudsman kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan mazkur futbol musobaqasini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad - xalq farovonligi yo‘lida mehnat qiluvchi xodimlarni bir joyga jamlab, ularni jismonan sog‘lomlashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat. Chunki aholi salomatligini muhofaza qilish bu ko‘p tomondan uning jismonan harakatchanligi, sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi va albatta sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi bilan chambarchas bog‘liq.
“Ombudsman kubogi” mini-futbol musobaqasida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar Ombudsmani) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Kasaba uyushmasi hamda “Madad” bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkiloti va “Yuksalish” umummilliy harakati vakillaridan iborat terma jamoalar aʼzolari ishtirok etishdi.
“Ombudsman kubogi 2022” uchun o‘yinlarda terma jamoalar aʼzolari bor kuch-g‘ayratlarini safarbar qilgan holatda o‘z mahorotlarini ko‘rsatishdi. Musobaqaning barcha bosqichlari hakamlar tomonidan haqqoniy va adolatli baholanib borildi.
Musobaqa yakunida dastlab, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan joriy etilgan qator nominatsiyalar bo‘yicha hakamlarning xulosasiga ko‘ra mahoratli o‘yinchilar taqdirlanishdi. Bunda “Eng zo‘r to‘p urar” nominatsiyasi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi terma jamoasi o‘yinchisi Jasur Jumayev, “Eng zo‘r darvozabon” nominatsiyasi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi terma jamoasi darvozaboni Shahzod To‘rayev, “Musobaqaning eng zo‘r o‘yinchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) terma jamoasi aʼzosi Azizbek Yuldashevlar g‘olib deb topildi.
Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Ombudsman maxsus sovrini” topshirildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra,
1-o‘rin va “Ombudsman kubogi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil jamoasiga;
2-o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi;
3-o‘rin esa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) terma jamoasiga nasib qildi.
“Ombudsman kubogi 2022” musobaqasida yaxshi natijalarga erishgan terma jamoalaring har bir aʼzosi medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati