Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Ombudsmanlari o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi
26 Mar
2022 yilning 25 mart kuni Poytaxtimizda o‘tkazilgan Qirg‘iziston, Tojikiston O‘zbekiston va Qozog‘istonda ozodlikdan mahrum qilishning muqobil choralarini qo‘llash bo‘yicha mavjud amaliyotni o‘rganishga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiya doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Qirg‘iziston Respublikasiga yangi Ombudsman sifatida tayinlangan Atir Abdraxmatovalarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Eʼtiborli jihati shundaki, bu Qirg‘iziston Ombudsmanining lavozimga taynlanganidan keyingi xorijiy davlatlarga qilgan birinchi tashrifidir.
“OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA INSON HUQUQLARINI TAʼMINLASH: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI”  MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI
26 Mar
Joriy yilning 25 mart kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ozodlikdan mahrum etish joylarida inson huquqlarini taʼminlash: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil choralarni qo‘llash masalalari muhokamalar markazida
25 Mar
2022 yilning 25 mart kuni “City Palace Hotel Tashkent” mehmonxonasi majlislar zalida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Oliy sud, “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, YEXHTning O‘zbekiston va Tojikistondagi loyihalari koordinatori, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakilligi, BMTning O‘zbekistondagi giyohvand moddalari va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda Qirg‘iziston, Tojikiston O‘zbekiston va Qozog‘istonda ozodlikdan mahrum qilishning muqobil choralarini qo‘llash bo‘yicha mavjud amaliyotni o‘rganishga bag‘ishlangan mintaqaviy konferensiya o‘tkazildi.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
24 Mar
Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Jenisbay Shlimbetov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Zuhra Reymova Nukus shahridagi «Xao‘a joli» mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan uchrashishdi.
Surxondaryodagi tergov hibsxonasida sharoitlar qanday?
23 Mar
2022 yil 16 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyati mintaqaviy vakili A.Artikov 9-sonli tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Ombudsmanning Jizzaxdagi mintaqaviy vakili: advokatlar bilan uchrashuv xonasi kameradan holi bo‘lishi zarur
18 Mar
2022 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi Mintaqaviy vakili O‘tkir Jo‘rayev tomonidan Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 29-sonli Manzil-koloniyasiga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qo‘llash holatlarini oldini olish maqsadida monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Senatorlar tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti maʼqullandi
17 Mar
Senatning 24-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Mazkur masala yuzasidan Ombudsman Feruza Eshmatova so‘zga chiqdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning xalqaro pozitsiyasini mustahkamlash masalasi muhokama qilindi
16 Mar
2022 yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Rishard Komenda bilan uchrashdi.
Ombudsmanga Qoraqalpog‘istondagi tergov hibsxonasidan murojaat kelib tushdi
15 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 2-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan ayblanuvchi A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashgani bo‘yicha murojaati kelib tushdi. Mazkur murojaat bo‘yicha holatni joyiga chiqib o‘rganish uchun u Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakiliga yuborildi.