Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangandagi olis chegara hududi hisoblangan G‘ova qishlog‘idagi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi tadbir joriy yilning 24 noyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi “G‘ova” madaniyat saroyida o‘tkazildi. Unda “Yuqori”, “Tinchlik”, “Yangihayot”, “G‘ovasoy sohili” va "Varzigon" MFYlardan jami 80 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi.

Markazdan olis chegara hududi hisoblangan G‘ova qishlog‘i o‘tkazilgan ochiq muloqotda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi hamda aholini manzilli ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Loyiha doirasida Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakilining fuqarolar qabuli ham o‘tkazilib, unda 30 nafarga yaqin murojaat qabul qilindi.

Shuningdek, tadbir yakunida Ombudsman mintaqaviy vakili boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda G‘ova qishlog‘idagi 6-sonli umumtaʼlim maktabi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi ham bo‘lib o‘tdi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati