Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Tug‘ma yurak porogi bor fuqaroning operatsiyasi uchun Ombudsman ko‘magida 28,5 mln so‘m ajratildi
08 Iyu
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilga (Ombudsmanga) fuqaro Y.S. akasi Y.N.da tug‘ma yurak-porogi aniqlanganligi va uni operatsiya qilish bo‘yicha davlat tomonidan yordam berilmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Murojaat muallifining yozishicha, bemorni zudlik bilan operatsiya qilmasa ahvoli og‘irlashish mumkin, lekin uning ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgani sababli operatsiya xarajatlarini ko‘tara olmaydi.
Tungi vaqtlarda aholi tinchligini buzayotganlar ustidan Ombudsmanga murojaat kelib tushdi
07 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi pm.gov.uz orqali kelib tushgan murojaatda fuqaro M.R. aholi tinchligi buzilayotganidan shikoyat qilgan.
Buxoro viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylardagi sharoitlar qay holatda?
07 Iyu
Prezidentimizning 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5163-sonli Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qiynoqlarning oldini olish maqsadida Jamoatchilik vakillari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflari tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili aralashuvi bilan qurilish kompaniyasi fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplab berdi
04 Iyu
2022 yilning 18 may kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (Ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanovga Nurobod tumani, Navro‘z MFYdagi ko‘p qavatli uyda yashovchi 3 nafar fuqaro R.S., Ya.N. va A.S.lar murojaat qilishdi.
Ombudsmanning Namandagi mintaqaviy vakili ko‘magi bilan isteʼmolchining murojaati hal etildi
04 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Uychi tumanida yashovchi fuqaro R.I. isteʼmolchi huquqlari buzilganligi bo‘yicha murojaat qildi.
Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakili: bemor mahbus va moddiy yordamga muhtoj fuqaro murojaatlari hal etildi
03 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradovga Qarshi shahar 5-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbus S.H. sog‘ligi yaxshi emasligi sababli shifoxonaga yotib davolanishni so‘rab murojaat qildi.
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili tumanlarda sayyor qabullar tashkil etmoqda
03 Iyu
2022 yil 30 may kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi bilan hamkorlikdagi navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli Viloyatning Oqoltin tumanida o‘tkazildi. Unda Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Sirdaryo viloyat Kengashi mehnat huquqi inspektori Shirinxan Umaraliyeva hamda Oqoltin tumani mahalla bo‘limi boshlig‘i Alisher Ibodullayevlar fuqarolar murojaatlarini qabul qilishdi.
Navoiyda mehnat qonunchiligi yuzasidan seminar o‘tkazildi
02 Iyu
Joriy yilning 27 may kuni Navoiy viloyati Maʼrifat va maʼnaviyat markazida korxona, tashkilot va muassasalarda ish beruvchi hamda xodim o‘rtasida dolzarb muammoli masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish, mehnat qonunchiligidagi amaliyotni o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman Kotibiyati xodimlari malaka oshirish kurslarini tamomlashdi
02 Iyu
O‘zbekistondagi shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari davlat xizmatchilarining bilim va ko‘nikmalarini o‘zgarayotgan sharoitlarga moslashtirish, ularning professional rivojlanishiga yangicha yondashishni talab etmoqda. Xususan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) xodimlari ham murojaatlar bilan ishlash, qiynoq holatlarini bartaraf etish, qonun ijodkorligi, xalqaro aloqalar yo‘nalishlarida o‘z kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish imkoniyatiga ega bo‘lishlari zarur.