Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Janjal natijasida vafot etgan ayol holati Ombudsman tomonidan nazoratga olindi
Joriy yilning 15 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Uzbekistan: SOS!!! V Fergane jestko ubita pravozaщitnitsa Shoira Oxunjanova – yeyo zabili kamnyami i ketmenyami” deb nomlangan xabar va unda keltirilgan holatlar Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, uning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 14 fevral kuni fuqaro Sh.O. Farg‘ona shahar Jo‘ydam MFYda joylashgan ekin yer maydoni chetidagi terak daraxtlarni kestirayotgan vaqtida, ushbu yer maydoning sobiq egasi fuqaro U.E. terak daraxtlari unga tegishli ekanligi xususida janjallashib ketishgan

Janjal davomida E.U. fuqaro Sh.O.ning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan Sh.O. shifoxonada vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, Sh.O.ning o‘limiga bosh qismidan olgan og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan E.U.ga nisbatan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

Ushbu holat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, JPK talablariga ko‘ra ko‘rib chiqilishi bo‘yicha Farg‘ona viloyat prokuraturasiga nazorat xati kiritildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati