Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
08 Iyu
Davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz 2022 yil 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarni boshladik. Eng muhimi, o‘tgan 6 yil mobaynida butun jamiyatimiz qayta uyg‘ondi, odamlarimiz yangicha fikrlash, ishlash va yashashga intilmoqda.Fuqarolar tomonidan amaldagi Konstitutsiyani yana-da takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab takliflar va mulohazalar bildirilmoqda” deb eʼtirof etdilar.
Referendum o‘tkazuvchi komissiya aʼzolarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv treninglarda Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili ishtirok etdi
07 Iyu
Joriy yilning 5-6 iyul kunlari Navoiy Davlat pedagogika institutida tashkil etilgan hududiy seminar mashg‘ulotlarida Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Shuhrat Jo‘rayev ishtirok etdi.
Qo‘qondagi vaqtincha saqlash hibsxonasiga hamshira shtati ajratilmagan
06 Iyu
2022 yilning 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Qo‘qon shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi.
Farg‘ona viloyatidagi Vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashkil etildi
05 Iyu
2022 yilning 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Farg‘ona viloyat IIB Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi. Monitoringda Farg‘ona viloyat prokuraturasining ichki ishlar idoralarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni taʼminlash bo‘limi prokurori S. Igamberdiyev, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Farg‘ona shahar bo‘limi rahbari M.Jo‘rayevlar ham ishtirok etishdi.
Qiynoqqa solish holatlarini oldini olish bo‘yicha jazoni ijro etish muassasasi xodimlari uchun seminar tashkil etildi
04 Iyu
2022 yilning 2 iyul kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidagi 1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi, 21-son jazoni ijro etish muassasasining 70 nafardan ortiq xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi bo‘yicha xalqaro ekspertlar fikri
04 Iyu
Xabaringiz bor, 2022 yilning 28 iyun kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Xalqaro qamoqxonalar islohoti (PRI) tashkilotlari bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-Forumi o‘tkazilgan edi. Mazkur forum “Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi hamkorligi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
01 Iyu
Joriy yilning 30 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova fuqarolar murojaatlarini shaxsan qabul qildi.
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari R. Mahmudovaning Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I forumining ahamiyati haqidagi fikri 
01 Iyu
Forum doirasida Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari o‘rtasida memorandumlar hamda Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Ombudsmanlari uchrashishdi
01 Iyu
Shu kunlarda, Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlarining I-forumi doirasida qator xalqaro uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, 2022 yilning 1 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Turkmaniston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakili - Ombudsmen Yazdursun Gurbannazarova bilan uchrashdi.