Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakili penitensiar muassasalarda sayyor qabul tashkil etmoqda.  Mahkumlar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
22 Avg
2022 yilning 17 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Qarshi shahridagi 5-son tergov hibsxonasi va 2-3-sonli jazoni ijro etish muassasalarida sayyor qabullar tashkil etdi.
Tergov jarayonlariga oid maʼlumotlar o‘rganilmoqda
22 Avg
22 avgust kuni Komissiya aʼzolari o‘z ishini Shtabga kelgan fuqarolar murojaatlarini qabul qilishdan boshladi. Qabul davomida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila aʼzolari 10ga yaqin murojaat qoldirishdi.
Qo‘qon shahrida Ombudsmanning Farg‘onadagi mintaqaviy vakili va tegishli davlat idoralar vakillari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi
22 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov tomonidan Qo‘qon shahar hokimi, shahar prokurori va tegishli idora rahbarlari bilan birgalikda Qo‘qon shahrida joylashgan istirohat bog‘ida sayyor qabul o‘tkazildi.
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar masalalarini o‘rgandi
22 Avg
2022 yilning 17 avgust kuni Ombudsmanning Sirdaryo viloyatdagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov Viloyatning Mirzaobod tumani, “Toshkent” mahallasidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining sudyasi S.Mirzaboyev ham ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarning kelib chiqish sabablari har tomonlama o‘rganilmoqda
20 Avg
20 avgust kuni Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘iston hududidagi chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirib-chiqqan  avtotransport vositalari  xususida  QR Bojxona xodimi bilan uchrashishdi.
Inson huquqlari — oliy qadriyat
19 Avg
Mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Xo‘sh, keyingi yillarda “Inson qadri ulug‘” prinsipi asosida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? Umuman, inson huquqlari hamda erkinliklarini muhofaza qilishning taʼsirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasidagi ishlardan xalqimiz rozimi?
ShHTga aʼzo mamlakatlar tadbirkor ayollari hamkorligi yangi bosqichga chiqadi
19 Avg
Joriy yilning 18-19 avgust kunlari Toshkent shahrida oʼtkazilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi doirasida Tadbirkor ayollar birinchi konferensiyasi ham oʼtkazildi.
Namoyishga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rilganmi – Qoraqalpog‘istondagi huquq faollarining fikri eshitildi
19 Avg
19 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi huquq faollari Azimbay Ataniyazov va Arslanbay Utepov hamda "Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash" NNT QR bo‘limi boshlig‘i Gulsara Jollibekova bilan uchrashishdi.
Advokat va fuqarolar fikrlari o‘rganildi
18 Avg
2022 yilning 18 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya aʼzolari ishni advokatlar bilan uchrashishdan boshladi.