Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik darajasida taʼminlash mexanizmini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
22 Dek
2022 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi  (YUSAID) bilan hamkorlikda "Xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik darajasida taʼminlash mexanizmini takomillashtirish – Ombudsman, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining ustuvor vazifalaridan biridir" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Bir xonadonda 2 nafar nogironligi bor shaxs yashasa, ularning faqat bittasiga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladimi?
21 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro V.N. 1-guruh nogironligi bo‘lgan ukasi S.N.ga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmayotganidan norozi bo‘lib murojaat qildi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman va AQSH IRI Xalqaro Respublika Instituti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
20 Dek
AQSH IRI Xalqaro Respublika Instituti vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolarining mamlakatimizga tashrifi doirasida “Fuqarolar manfaatlariga yo‘naltirilgan qonun ijodkorligi bo‘yicha ishonchli parlament tadqiqotlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ishtirok etdi.
Ombudsmanga mehnat daftarchasini yo‘qotgani sababli pensiya tayinlash rad etilgan fuqaro murojaat qildi
19 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Jizzax viloyatidan fuqaro D.T. pensiya tayinlash rad etilgani bo‘yicha murojaat qildi.
Andijondagi vaqtincha saqlash hibsxonasidan qiynoqlar bo‘yicha murojaat kelib tushmadi
16 Dek
2022 yilning 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.A.Abduvohidova Qo‘rg‘ontepa tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasida monitoring tashrifini amalga oshirib, u yerda saqlanayotgan shaxslarning sharoitlari bilan tanishdi.
Ombudsman tomonidan fuqarolar manfaatida sudga kiritilgan yana bir daʼvo arizasi qanoatlantirildi
16 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmanning) hududlardagi mintaqaviy vakillari doimiy ravishda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirish bilan birga “Muruvvat” uylaridagi sharoitlarni ham o‘rganishadi.
Raqamli muhitda bolalarni qanday himoya qilish mumkin?
16 Dek
Joriy yilning 13-15 dekabr kunlari poytaxtimizda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning Odam savdosiga qarshi kurash dasturi va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda “Raqamli muhitda bolalarni himoya qilish” mavzusida uch kunlik trening o‘tkazildi.
O‘zbekistonning bolalar va ayollarni nizoli hududlardan olib kelish va ularni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etilmoqda
15 Dek
2022 yilning 15 dekabr kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova BMTning Bolalar tashkiloti YUNISEFning konsultanti Rozali Lord bilan uchrashdi.
Navoiydagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlarga qanday sharoitlar yaratilgan?
14 Dek
Oliy Majlisning Inson huqulari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djo‘rayev tomonidan Viloyatdagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.