Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Samarqand viloyatida bo‘lib, inson huquqlarining taʼminlanish holatlarini o‘rgandi
09 Avg
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzurida qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlarini tashkil etish hamda ushbu jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga muntazam ravishda monitoring tashriflarini amalga oshirish lozimligi qayd etilgan.
Ombudsman: Insonning shaʼni va or-nomusi daxlsizdir
08 Avg
2021 yilning 7 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinovaning shaʼni, qadr-qimmatini kamsitilishiga sabab bo‘luvchi va hech bir asosga ega bo‘lmay turib uning rasmlari bilan videomontaj qilingan rolikning tarqatilishi juda achinarli holat. Inson huquqlarini ta'minlash va murojaatlar bilan ishlashda xalq dardini tanqidiy va tahliliy ruhda olib chiqayotgan jurʼatli jurnalistni qo‘pol qilib aytganda ovozini o‘chirishga qaratilgan ushbu xatti harakat qonun normalariga mutlaqo zid. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatiga g‘ayriqonuniy tajovuz qilish qonun tomonidan tuhmat va haqorat qilish, deb belgilangan.
Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi vakili Murotaliga nega bordi?
06 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Sayyora Baratova murojaatlar bilan ishlashda masalani keltirib chiqarayotgan sabablarni uzil-kesil bartaraf etishga harakat qiladi. Zero, joriy yilning 23 iyul kuni Prezident raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektorda odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning o‘zida bartaraf qilish kerakligi taʼkidlangan edi. 
376 nafar mahkumga ID-kartalar topshirilmoqda
06 Avg
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, IIV, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muasasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar orasida fuqarolik pasportiga ega bo‘lmagan, shuningdek, pasportining amal qilish muddati o‘tgan shaxslarni aniqlab, ularni yangi namunadagi ID-kartalar bilan taʼminlash maqsadida bir necha Jazoni ijro etish koloniyalarida uchrashuvlar tashkil etildi.
O‘zbekiston va Rossiya bolalar huquqlarini himoyalash sohasida memorandum imzoladi
04 Avg
O‘zbekiston va Rossiya bolalar huquqlari va manfaatlarini himoyalash sohasida hamkorlik va o‘zaro hamfikrlik haqida memorandum imzoladi. O‘zbekiston tomondan hujjatni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari - Bola huquqlar bo‘yicha vakil Aliya Yunusova, Rossiya tomondan esa uning hamkasbi Anna Kuznetsova imzoladi.
Mahkumning qiynoqqa solinganligi haqidagi murojaati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
03 Avg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq joriy yilning 3avgust kuni Toshkent viloyatidagi 44-sonlimanzil-koloniyasida Ombudsman Kotibiyatining Qiynoqqa solish holatlarining oldini olish sektorixodimlari tomonidanmonitoring tashrifi o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmanning) 2021 yilning birinchi yarim yillikdagi faoliyati  yuzasidan brifing tashkil etildi
02 Avg
2021 yilning birinchi yarim yilligida Vakil nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 9 632 ta murojaat qabul qilindi 2020 yilning huddi shu davrida bu ko‘rsatgich 6 484 tani tashkil etgan. Shundan, shaxsiy qabulda 723 ta, sayyor qabullarda 83 ta, pochta va telegraf aloqasi orqali 3 812 ta, “Ishonch telefoni” orqali 1 580 ta, Ombudsmanning jazoni ijro etish muassasalarida o‘rnatigan murojaatlar qutilari orqali 303 ta, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 1 582 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning qolgan qismi takroriy murojaatlarga to‘g‘ri keladi.
Mehnat huquqlarining taʼminlanishi Ombudsman eʼtiboridagi masala
02 Avg
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanining Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ishlab kelayotgan va 2018 yilda bola parvarishi taʼtiliga chiqqan xamshira S.K.ning o‘z lavozimiga tiklanishi yuzasidan murojaati kelib tushdi.
Ombudsman vakili “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
30 Iyu
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan bu yilgi Murojaatnomasida jamiyatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishiga alohida eʼtibor qaratib, yurtimizda 30 iyulni “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni hamda “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini taʼsis etish taklifini bildirgan edi.