Suhbat davomida mehmonlarga institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, xalqaro hamkorlik, huquqiy tahlil va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakala mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirayotgan islohotlar, jumladan, Ombudsman faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlarni eʼtirof etar ekan, uning hududlardagi mintaqaviy vakillari faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligini yuqori baholadi.
Uchrashuv do‘stona, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati