Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ozodlikdan mahrum qilingan shaxsga nega pensiya pullari to‘lab berilmagan?
Joriy yilning fevral oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili O‘tkir Jo‘rayev tomonidan Viloyatning Zafarobod tumanida joylashgan 30-son Manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar uchun sayyor qabul tashkil etilgan edi.

Sayyor qabulda 2-guruh nogironi bo‘lgan mahkum A.O‘. 2022 yilning dekabr oyida sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilgani va 2 oy davomida pensiyasi  to‘lanmay kelinayotgani bo‘yicha murojaat qilgan.

Fuqaro arizasi yuzasidan Ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan nazoratga olinib, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Zomin tuman bo‘limiga murojaat qilindi.

Ombudsmanga maʼlum qilinishicha, fuqaro A.O‘.ning “Pensiya ishi” jildi BTPJ Zafarobod tuman bo‘limiga yuborilganligi sababli kechikkan. Ombudsman mintaqaviy vakilining murojaatidan so‘ng, mahkumning 2022 yil dekabr oyi, 2023 yil yanvar – mart oylari uchun pensiya pullari shu yilning mart oyida to‘liq to‘langan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati