Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilishda Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
06 Dek
Joriy yilning 6 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi va Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilishda Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
HUQUQIY JAMIYAT VA TARAQQIYOTIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI
06 Dek
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda  parlament aʼzolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Inson huquqlari Milliy markazi masʼul xodimlari, shuningdek Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 
Ombudsman MISiS talabalari bilan uchrashdi
04 Dek
2021 yil 3 dekabr kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining (MISiS) Olmaliq shahridagi filialida tashkil etilgan “Konstitutsiya – inson huquqlari va erkinliklarining taʼminlanishi garovidir” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.
Mahkumlar kasalxonasidagi fuqarolar qabulxonasi haqidagi xabarga rasmiy munosabat  
02 Dek
Joriy yilning 1 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda 17 noyabr kuni 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada uchrashuvga kelgan fuqarolar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani, xususan, hojatxonalarning yopiq holatda ekani bo‘yicha xabar tarqaldi.
Nogironligi bo‘lgan shaxs murojaati ijobiy hal etildi
01 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga)  Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro J.N. nogironlikni belgilashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
O‘zbekistonda migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarga COVID-19 ning bolalar huquqlariga taʼsiri tahlil qilindi
01 Dek
YUNISEF va Bolalar ombudsmani tashabbusi bilan “O‘zbekistonda migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarga COVID-19ning bolalar huquqlariga taʼsirini baholash” tadqiqoti amalga oshirildi. Ushbu Bola huquqlariga taʼsirni baholash (BHTB) Bolalar ombudsmani boshchiligida Bola huquqlari bo‘yicha masʼul bo‘lgan Yevropa tarmog‘i (BHMET) tomonidan tayyorlangan Umumiy asosiy konsepsiyani va BHTBni moslashtirish bo‘yicha milliy maslahatchini jalb qilgan holda, migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish, ularning ushbu huquqlariga bo‘lgan taʼsirini o‘rganish uchun pandemiyaning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlar, hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar, siyosatlar, byudjet qarorlari, COVID-19 bilan bog‘liq dasturlar va xizmatlarni ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.
Ombudsman fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
01 Dek
2021 yilning 30 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining maxsus maʼruzachisi bilan uchrashdi 
30 Noy
2021 yilning 30 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining Terrorizmga kurashishda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Finnuala Ni Iloyn bilan uchrashdi. Unda Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaz direktori o‘rinbosari Dilnoza Muratovalar ham ishtirok etishdi.
Qiynoqlarni aniqlashdagi xalqaro amaliyot va standartlar oʼrganildi
29 Noy
Joriy yilning 29-30 noyabrь va 1 dekabrь kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman), BMT Inson huquqlari boʼyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy vakili, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning Oʼzbekistondagi loyihalari Koordinatori, “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro tashkiloti (Penal Reform International)ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalarga monitoring uyushtirish va hisobotlarni tayorlash: xalqaro amaliyot va standartlar” mavzusidagi oʼquv seminari oʼtkazildi.