Bola huquqlari bo‘yicha vakilning faoliyat yo‘nalishlaridan biri bu jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashdir.