2022 yilning 11 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya aʼzolari bilan birgalikda, “Madad” bepul yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkiloti, “Demokratiya va inson huquqlari instituti”, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi, “Gumanitar huquqiy markaz”, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi kabi qator faol nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari va OAV ishtirok etishdi.