Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Aliya Yunusova 1961 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U yuridik fanlar nomzodi, 20 yildan ortiq vaqt davomida bolalar huquqlari bilan shug‘ullangan. 2004 yildan beri uch marta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.