Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
monitoring
Ombudsman va Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkentdagi qator yopiq muassasalarda monitoring o‘tkazdi
16 Iyu
2026-yilning 16-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan hamkorlikda Toshkent shahridagi Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona hamda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi monitoringlari: avvalgi tavsiyalar ijrosi o‘rganildi
08 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz shahar va Jarqo‘rg‘on tumani IIBlari vaqtincha saqlash hibsxonalari (VSH), Surxondaryo viloyat IIBning Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonasi (Maxsus qabulxona) va Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi (REM), Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali hamda Termiz shahri va Jarqo‘rg‘on tumanidagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga (hushyorxona) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Qashqadaryodagi yopiq muassasalarda qanday kamchiliklar aniqlandi?
19 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda senatorlar bilan hamkorlikda 5-son Tergov hibsxonasi, 2 va 10-son Jazoni ijro etish koloniyalari, 33-son Manzil-koloniya, Qamashi va Koson tumanlari hamda Qarshi shahar IIBlari Vaqtincha saqlash hibsxonalari (VSH), Koson va Muborak tumanlaridagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (Hushyorxona) hamda Qashqadaryo viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Samarqand viloyatidagi yopiq muassasalarda navbatdagi monitoring tashriflari amalga oshirildi
12 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Samarqand viloyati IIB Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi, Samarqand viloyati Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi, Pastdarg‘om tumani hamda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari IIB Vaqtincha saqlash hibsxonalari (VSH), Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish Nurobod tumanlararo va Kattaqo‘rg‘on tumanlararo punktlari (hushyorxona), Urgut tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Samarqand viloyati filiali va shu tumandagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar va erkaklar internat uylarida monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman tomonidan Farg‘ona viloyatidagi qator muassasalarda saqlash sharoitlari o‘rganildi
09 Iyu
2026 yilning 5 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Farg‘ona viloyatida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili qator muassasalarda monitoring o‘tkazdi
05 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 17-son Jazoni ijro etish koloniyasi, 4-son Tergov hibsxonasi, Qorako‘l tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi va shu tumandagi Erkaklar muruvvat uyi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyat filialiga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Xorazm viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
03 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatdagi 11-son Tergov hibsxonasi, Xorazm viloyati IIBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish va Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari hamda Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona, Hazorasp tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi, Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (hushyorxona), Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya va RIRSIATM narkologiya xizmati bo‘yicha Xorazm viloyati filiallariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ayollar qamoqxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
26 May
2026 yilning 26 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-son Jazoni ijro etish koloniyasida monitoring tashrifi o‘tkazildi.
Toshkent shahridagi qator muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi
25 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili tomonidan 21-son Jazoni ijro etish koloniyasi, 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona, 51-son Manzil-koloniya va uning ishlab chiqarish obyektlari, 1- va 2-sonli “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylari, Toshkent shahar majburiy davolash narkologiya shifoxonasi, Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar va Ruhiy kasalliklar klinik shifoxonalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Namangandagi qator yopiq muassasalarda inson huquqlariga rioya etilishi holati o‘rganildi
19 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni xodimlari hamda milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi Ombudsman huzuridagi Qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari aʼzolari tomonidan Namangan viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Andijondagi qator muassasalarda inson huquqlariga rioya etilishi holati o‘rganildi
14 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Qo‘rg‘ontepa va Izboskan tumanlari hamda Andijon shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonalari, 3-son tergov hibsxonasi, Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish Qo‘rg‘ontepa tumanlararo punkti, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar (Qo‘rg‘ontepa t.) hamda Bo‘taqora “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan erkaklar (Andijon t.) va Chuama “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar (Izboskan t.) uchun internat uylari, Jalaquduq tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy markazi hamda Andijon viloyati IIB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonaga (Maxsus qabulxona) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Xorazm viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
13 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda milliy preventiv mexanizmi doirasida faoliyat yurituvchi Ombudsman huzuridagi qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari tomonidan Xorazm viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.