Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi, inson qadri ulug‘lanadigan, qonun ustuvorligi ta’minlanadigan va adolat g‘alaba qiladigan jamiyat barpo etishga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat va huquqiy kafolatlar natijasida aholining turmush farovonligining oshib borishi ularning muammosi bilan yolg‘iz qolmayotganini ko‘rsatmoqda. Bu o‘zgarishlarning huquqiy asosi esa — mamlakatimizning rivojlanish yo‘lini belgilab bergan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir.
So‘nggi 9 yil ichida O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish, inson huquqlarini muhofaza qilishga oid qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazani mustahkamlash, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish hamda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili shunchaki shior emas — bu xalq hayotiga aylangan haqiqatdir. Chunki, inson umrining har bir bosqichida davlat uning yonida bo‘lmoqda. Mustaqillik yillari davomida yurtimizda inson qadri, uning huquq va erkinliklari davlat siyosatining markaziga chiqdi. Ayniqsa, 2017 yildan boshlab bu jarayonlar yangi bosqichga ko‘tarilib, Harakatlar strategiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiya, Taraqqiyot strategiyasi, “O‘zbekiston–2030” dasturi qabul qilindi.
Dunyoda tinchlik va hotirjamlikka muhtoj millionlab insonlar orasida falastinliklar taqdiri ayniqsa og‘ir. Ko‘p yillik mojarolar, qurolli to‘qnashuvlar va inqirozlar natijasida minglab oilalar uy-joyidan, tinch hayotidan ayrilgan
Bugungi kunda inson qadr-qimmati, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash g‘oyasi demokratik islohotlarning eng muhim harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Shu jumladan, xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari har qanday jamiyatda muhim o‘rin tutadi. Bu masala faqat bir mamlakatda emas, balki global miqyosda ham e’tibor talab qiladi.