Monitoring doirasida 8-sonli Tergov hibsxonasi, 40-sonli Manzil-koloniyasi, Guliston shahar vaqtincha saqlash hibsxonasi hamda Maxsus-qabulxonasidagi sharoitlar o‘rganildi.
Tashriflar chog‘ida ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlari va oziq-ovqat ta’minoti, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muassasalarning shaxslarni saqlash kameralari va tibbiyot xonalarining holati, videokuzatuv tizimlarining ishlashi, shaxslarni ko‘rikdan o‘tkazish tartiblari hamda muassasalarning qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Monitoring jarayonida ushbu muassasalarga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”lari orqali kelib tushgan murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Ombudsman tomonidan qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring tashriflari yakunlari asosida tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar, jumladan, monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga Ombudsmanning tegishli ta’sir choralari kiritib boriladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






