Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Ombudsmanga kelib tushayotgan ayrim murojaatlar hujjatlar bilan tanishishdan tashqari, faktlarni joyida tekshirish va aniq holatni bevosita o‘rganishni talab qiladi.

Shu maqsadda Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar Ombudsmanning Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand, Xorazm, Andijon va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari tomonidan amalga oshirildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni sinchiklab o‘rganish va ularni hal etish choralarini ko‘rish maqsadida mahalliy Kengash deputatlari va tegishli idoralar va masʼul tashkilotlar vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularning vajlari tinglandi, murojaatlarda keltirilgan holatlar joyida ko‘zdan kechirildi hamda tegishli hujjatlar o‘rganildi.

Murojaatlarda asosan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy va moddiy yordam, mulk huquqi, uy-joylarni baholash, buzilgan uylar uchun kompensatsiya undirish, kommunal xizmatlar, gaz va ichimlik suvi taʼminoti, shuningdek, odam savdosi va firibgarlik bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan holatlar yuzasidan masʼul idoralarga so‘rovlar yuborilib, murojaatlar nazoratiga olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati