Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili qator muassasalarda monitoring o‘tkazdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 17-son Jazoni ijro etish koloniyasi, 4-son Tergov hibsxonasi, Qorako‘l tumani IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi va shu tumandagi Erkaklar muruvvat uyi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Buxoro viloyat filialiga monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Monitoring tashriflarida qayd etilgan muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, oshxona, tibbiyot bo‘limi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganligi hamda saqlash sharoitlari, kutubxona, madaniy dam olish, telefon orqali so‘zlashuv, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv hamda tintuv, tergov va advokatlar xonalari, shuningdek, sayilgohdagi shart-sharoitlar, muassasalar hududida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida Qorako‘l tumanidagi Erkaklar muruvvat uyida ayrim kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, muassasa oshxonasi ta’mirdan chiqqaniga qaramasdan, u yerdagi gaz plitalarining nosozligi sababli ovqatlar tashqi hududdagi vaqtinchalik va talab darajasida jihozlanmagan sharoitda tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “Ombudsman quti”larida qoldirilgan hamda holi tarzda o‘tkazilgan qabullar orqali kelib tushgan murojaatlar nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga Ombudsman ta’sir choralari shaklidagi hujjatlar kiritilishi ma’lum qilinadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.