Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ayollar qamoqxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi
2026 yilning 26 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-son Jazoni ijro etish koloniyasida monitoring tashrifi o‘tkazildi.

Monitoring tashrifi davomida, ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yashash, dam olish, mehnat qilish, yaqinlari bilan uzoq va qisqa muddatli uchrashuv o‘tkazish, oziq-ovqat taʼminoti, tibbiy yordam olish holati va sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilish holatlari o‘rganildi.

Jumladan, koloniyaning ishlab chiqarish hududida mahkumalarning ish sharoitlari, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda mehnatga jalb qilinganlik holatlari o‘rganildi.

Shuningdek, mahkumalar bilan jamoaviy va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari eshitildi. Yopiq muassasalarga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”lari orqali kelib tushgan murojaatlar ham nazoratga olindi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, tegishli vazirlik va idoralarga Ombudsmanning taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritilishi maʼlum qilinadi.



Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.