Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Fuqarolar Ombudsmanga qanday masalalar bilan murojaat qilmoqda?
2026 yilning 30 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 40 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarda asosan mehnat munosabatlari, pensiya taʼminoti, sud  hujjatlarining ijrosi, aliment undirish, yaqin qarindoshlar o‘rtasida mulkka egalik huquqi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda mahkum va mahbuslar huquqlariga oid, shuningdek, sud- tergov jarayonlari bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat Ombudsman tomonidan atroflicha tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituvga olinib, tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda o‘rganilishi belgilandi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati