Deputatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Ombudsman faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan qonunchilik taklifini ko‘rib chiqmoqda.
Hujjat 2024-yil 15-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun normalari ijrosini amalda samarali ta’minlashga qaratilgan. Mazkur qonunda Ombudsmanga qo‘shimcha vakolatlar va ta’sir choralari berilgan edi.
Jumladan, Ombudsman inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma kiritish huquqiga ega. Shu munosabat bilan, Ombudsman institutining ushbu yangi vakolat va ta’sir mexanizmlarini amalda samarali qo‘llash uchun huquqiy asoslar yaratilmoqda.