Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi
2026 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan onlayn tashkil etilgan tadbirda maʼruza bilan ishtirok etdi.

Mazkur tadbir Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi prezidenti sifatida Pokiston Federal Ombudsmani tashabbusi bilan tashkil etilib, unda Assotsiatsiyaga aʼzo 25 ta  davlatlar Ombudsmanlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Assotsiatsiyaning 30 yillik faoliyati yuzasidan fikr almashish, aʼzo institutlar o‘rtasida hamkorlikni yana-da mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish sohasida o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Osiyo Ombudsmanlar Assotsiatsiyasi tuzilgani haqida 1996 yil 16 aprel kuni Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi Osiyo Ombudsmanlari konferensiyasining yakuniy majlisida eʼlon qilingan.

O‘zbekiston Ombudsmani mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etish orqali inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi mintaqaviy muloqotlarni qo‘llab-quvvatlash, Ombudsman institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning ilg‘or tajribalari haqida xalqaro jamoatchilikni xabardor etdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati