Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasi vakillari, shuningdek Qoraqalpoq davlat universitetining psixolog mutaxassislari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aniq holatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa masʼul tuzilmalarning o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakilining shaxsiy qabuli o‘tkazilib, jabr ko‘rgan xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi va huquqiy maslahatlar berildi. Psixolog mutaxassislar tomonidan esa ular bilan yakka va jamoaviy tartibda ishlanib, zarur psixologik yordam ko‘rsatildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






