Tibbiy ko‘rikka LOR, nevropatolog, okulist va jarroh shifokorlari jalb etildi. Shuningdek, qo‘shimcha tekshiruv usullaridan EKG tekshiruvlari ham amalga oshirildi.
Ko‘rik davomida jami 150 nafar shaxs tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijada 61 nafar shaxsda turli xil surunkali kasalliklar aniqlanib, shifokor tomonidan kerakli tavsiya va muolajalar berildi.
Tadbir doirasida Ombudsman mintaqaviy vakili 24 nafar mahkum bilan jamoaviy uchrashuv o‘tkazdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






