Aniqlanishicha, murojaatchining marhum otasiga 1984 yilda kolxoz balansida bo‘lgan uy yashash uchun ajratilgan. Ammo bu holatni tasdiqlovchi hujjatda uning familiyasi noto‘g‘ri qayd etilgani bois meros huquqini rasmiylashtirish jarayonida muammo kelib chiqqan.
Murojaat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, fuqarolar manfaatida sudga yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni belgilash haqida ariza kiritildi.
Jizzax tumanlararo maʼmuriy sudi ish hujjatlarini ko‘rib chiqib, sobiq kolxoz balansidagi uy haqiqatda marhum fuqaroga berilgani haqidagi yuridik ahamiyatga ega faktni belgiladi hamda arizani qanoatlantirdi.
Mazkur sud qarori orqali merosni rasmiylashtirishga to‘sqinlik qilib kelgan holat bartaraf etildi va merosxo‘rlarning qonuniy huquqlarini amalga oshirishi uchun huquqiy asos yaratildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






