Navbatdagi qabul Ombudsman o‘rinbosari B.Narimanov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib unda mehnat munosabatlari, mansabdor shaxslar harakatidan norozilik, sud-huquq masalalari hamda oilaviy nizolarga oid murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida murojaatchilarning har biri bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, ularning keltirgan vajlari o‘rganildi.
Fuqarolar nafaqat Ombudsman idorasiga, balki uning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Mintaqaviy vakillar, qabul kuni va manzili kabi maʼlumotlarni ombudsman.uz saytidan olishingiz mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






