Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijondagi 3-son tergov hibsxonasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili, Ombudsman huzuridagi jamoatchilik guruhlari aʼzolari hamda Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputatlari tomonidan 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Monitoringda mahkum va mahbuslarning yotoq joylari, oshxona, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, qisqa va uzoq muddatli uchrashuv xonalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahbus va mahkumlar bilan jamoaviy hamda holi tarzdagi suhbatlar o‘tkazildi.

Monitoring tashriflari davomida, 3-son tergov hibsxonasi kutubxonasiga homiylik asosida 150 dan ortiq jahon hamda o‘zbek badiiy adabiyotlari taqdim etildi.

Shu kuni Ombudsmanning mintaqaviy vakili, Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi va Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida ushbu hibsxonada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikka viloyatning malakali ftiziatr, travmatolog, nevropatolog, lor, okulist, endokrinolog, psixiatr, ginekolog, kardiolog, urolog, dermatovenerolog, stomatolog, travmatolog, allergolog, jarroh va laborant-mutaxassislar jalb etildi.

Unda 152 nafar shaxslar kabi tor doiradagi  shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, aniqlangan kasalliklar dispanser nazoratiga olinib, mutaxassislar tavsiyasi asosida zarur tibbiy muolajalar belgilab berildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati