Tadbir “Adolat” SDP fraksiyasi, Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Konstitutsiyaviy sud hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiyada Konstitutsiyaning ijtimoiy davlat barpo etishdagi roli, qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy xabardorlikni oshirish va parlament nazoratining zamonaviy mexanizmlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida Konstitutsiya oyligi doirasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” va “Konstitutsiya — mening tasavvurimda” tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi.






