Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanga Andijon viloyatidan yuborilgan murojaatlarda qanday masalalar ko‘tarilgan?
Aholining mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tub o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri Andijon viloyatida tashkil etildi. Dastlab mazkur hududdan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar tanlab olindi va unga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gulnora Abduvoxidova va Oybek Yuldashevlar hamda tegishli tashkilot vakillari jalb etildi.

Loyiha doirasidagi navbatdagi  ochiq muloqot 2025 yil 27 avgust kuni viloyatning  chekka hududi hisoblangan Buloqboshi tumanida o‘tkazildi. Unda “Uchtepa”, “Qashqar”, “Zarg‘aldoq”, “Yuksalish”, “Tinchlik”, “Yorboshi”, “Bozorboshi”, “Rivoj”, “Istiqlol”, “Sanoat”, “Shirmonbuloq” va “Balandchek” mahallalaridan 200 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi.

Tadbirda kiberjinoyatchilik va moliyaviy firibgarliklarning oldini olish, mehnat migratsiyasi jarayonlarini qonuniy asosda tashkil etish hamda Prezidentning 2025 yil 4 avgustda qabul qilingan “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati haqida aholiga huquqiy tushunchalar berildi.

Maʼruzalar aholiga sodda va hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan berilgan qator savollarga ham batafsil javoblar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati