Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan murojaat nazoratga olinib o‘rganilmoqda
2025 yil 8 avgust kuni “antikorruz” telegram kanalida “Farg‘onada navbatdagi adolatsizlik: huquqbuzar xodimlar fuqaroni qo‘rqitishdi” sarlavhasi bilan videomaterial tarqatildi. Unda Farg‘ona shahrida fuqaro A.Yo‘ldashevga nisbatan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qonunga zid xatti-harakatlar qilingani va u buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Ombudsmanga murojaat qilgani qayd etilgan.

Fuqaro A.Yo‘ldashevning murojaati Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olinib, ishga oid hujjatlar o‘rganildi.

Farg‘ona viloyati IIB maʼlumotiga ko‘ra, fuqaro jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilgani uchun maʼmuriy bayonnoma tuzilgan, xodimlar esa xizmatni bodikamera va to‘liq xizmat kiyimida olib borgan. Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ombudsman videomaterial va hujjatlarni o‘rganish jarayonida xizmat vazifalarini bajarish tartibiga oid ayrim jihatlarga eʼtibor qaratdi hamda mazkur holatni har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishni taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman talabnomasi yuborildi.

Ushbu holat bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati