Qayd etish lozimki, ushbu muloqot Ombudsman nomiga Paxtakor tumani va uning chekka mahallalarida yashovchi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida tashkil etildi. Tahlillarga ko‘ra, murojaatlar bandlik, mehnat migratsiyasi, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatchilik masalalariga taalluqli ekani aniqlandi. Shuni hisobga olib, ochiq muloqotda aynan ushbu yo‘nalishlar qamrab olindi va tegishli vazirlik hamda idoralardan mutasaddi vakillar jalb etildi.
Ochiq muloqotda Ombudsmanning o‘rinbosari, Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili, Ombudsman Devoni xodimlari hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida kiberjinoyatchilik, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlari, mehnat migratsiyasi jarayonlari va ushbu yo‘nalishlarda fuqarolar huquqlarini taʼminlash bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati