Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qarshidagi 1-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroning uy-joyga oid murojaati yuzasidan o‘rganish yakunlandi
Avvalroq Podrobno.uz saytida chop etilgan “Invalid iz Karshi doverilsya vlastyam i ostalsya bez jilya i kompensatsii” sarlavhali maqolada bayon etilgan holat o‘rganilayotgani maʼlum qilingan edi.

Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili murojaat joyiga borib, fuqaro Erkin Xasanov bilan uchrashdi hamda ish bo‘yicha sud qarorlari tahlil etildi. Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro yashagan uy 2021 yilda avariya holatida deb topilib, hokimiyat vakillarining og‘zaki vaʼdasiga ishonib fuqaro tomonidan buzilgan. Sudning dastlabki bosqichlarida fuqaroga kompensatsiya to‘lash haqida qarorlar chiqarilgan bo‘lsa-da, 2024 yilda Qashqadaryo viloyati sudining taftish instansiyasi ularni bekor qilgan. Shuningdek, fuqaroga mahalliy hokimiyat tomonidan qurilish materiallari va muayyan miqdorda pul mablag‘i ajratilgani aniqlandi.

O‘rganish natijalari hamda hozirgi holatdan kelib chiqib, mazkur masalaning hal etilishi sud tartibida, yaʼni E.Xasanovning o‘zi tomonidan Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat kiritish orqali amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida fuqaroning o‘ziga tushuntirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari