Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Ijrochi direktori o‘rinbosari bilan uchrashdi
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hizmat safari doirasida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida uyushtirilgan qator tadbir va muhim uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

2024-yilning 3-sentabr kuni Nyu-York shahrida Ombudsman Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Ijrochi direktori o‘rinbosari Deyn Keyta bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida UNFPA Ijrochi direktori o‘rinbosari Deyn Keyta mehmonni  O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi bilan tabriklar ekan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda  amalga oshirilayotgan islohotlarning chuqurligi va ko‘lamini eьtirof etib, inson huquqlarini, jumladan, gender tenglikni ta’minlash, aholini, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarni oilaviy zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijalarini ijobiy baholab, kuzatib borayotganligini aytdi.

Joriy yilning 14-fevral kuni Ombudsman BMT aholishunoslik jamg‘armasi vakolatxonasining yangi tayinlangan rahabari Nigina Abaszade bilan uchrashib, hamkorlik rejalari belgilab olingan edi.  UNFPA Ijrochi direktori o‘rinbosari Deyn Keyta bilan muloqotda u ushbu rejalarni amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvlarda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami kuni Nyu-Yorkning tarixiy, madaniy va moliyaviy markazi Uoll-Stritda  O‘zbekiston davlat bayrog‘ini tantanali ravishda ko‘tarish marosimida ishtirok etdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati