Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi olib borilayotgan ishlar va Vakilning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida so‘z bordi. Xususan, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari va ularda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari hamda OAVning ishtiroki haqida fikr almashilindi.
Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati