Shu kuni ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga bag‘ishlangan “Ombudsman maktabi” tadbirlari ham tashkil etildi. Tadbirlarda tumandagi “Taroqli”, “Balx guzar”, “Galaguzar”, “Kattabog‘”, “Nurtepa” va “Kulluksho” MFYda yashovchi 200 nafarga yaqin aholi qamrab olindi.
Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbirda ishtirokchilarga mehnat huquqlarini himoya qilish, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish borasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda aholini manzilli ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
2024-yil 5-iyun kuni Sirdaryo viloyatining chekka hududlaridan hisoblangan Mirzaobod tumani “Navro‘z” MFYdagi 1-sonli umumiy umumtaʼlim maktabida ham “Ombudsman maktabi” tadbir tashkil etildi. Unda tegishli davlat idoralari vakillari tomonidan fuqarolarning pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash tartibi, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy vazifalari haqida aholining huquqiy xabardorligi oshirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati