Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman maktabi” loyihasi Namanganda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

2023 yilning 13 sentyabr kuni “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi. Tadbirda “Paxtachi” , “Birlik” va “Qo‘rg‘oncha” MFY  aholisi va faollari ishtirok etishdi.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan mazkur tadbirda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish borasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda aholini manzilli ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Jahongir Valiyevning fuqarolar qabuli ham tashkil etildi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati