Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Navoiydagi jazoni ijro etish koloniyasidagi mahkumdan murojaat oldi
Joriy yilning 9 sentyabr kuni Ombudsman, uning xodimlari va Jamoatchilik guruhlari hamda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Navoiy viloyatidagi 11-son Jazoni ijro etish koloniyasiga amalga oshirilgan monitoring tashrifi chog‘ida ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Dauletmurat Tajimuratov bilan qonunchilikda belgilangan tartibda uchrashilib, suhbatlashildi.

Suhbat davomida D.Tajimuratovning maʼlum qilishicha, koloniyada oziq-ovqat taʼminoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash holatlari ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Shuningdek, u o‘ziga nisbatan qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari qo‘llanilmayotganligini maʼlum qildi hamda uning tashqi ko‘rinishida ham mazkur holatlarning belgilari aniqlanmadi.

Suhbat yakunida D.Tajimuratov Ombudsman nomiga o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmidan noroziligi haqida va ayrim huquqlari taʼminlanishi masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaat taqdim etdi. Uning ushbu murojaati Ombudsman tomonidan nazoratga olingan holda Ombudsman xodimlari tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunlarga asosan ko‘rib chiqishlik uchun Bosh prokuraturaga Ombudsmanning nazorat xati bilan yuborildi.

Koloniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan suhbatlarga va amalga oshirilgan o‘rganishlarga ko‘ra, D.Tajimuratov qonunchilikda belgilangan tartibda jazo muddatini o‘tamoqda. Uning Jinoyat ijroiya kodeksida belgilangan huquqlari taʼminlamoqda va ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlar tatbiq etilmoqda. Alohida cheklovlar o‘rnatilmagan yoki imtiyozlar taqdim etilmagan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati